“Oqila ayollar” harakati: “Yangi O‘zbekistonda yangi ma’naviy makon yaratamiz…”

Date:

Ayol oqila bo‘lsa, ro‘zg‘ori tinch, farzandlari tarbiyali bo‘lib ulg‘ayadi. Ko‘pni ko‘rgan kayvoni onaxonlar suhbatida bo‘lgan har qanday yosh ularga quloq tutadi. Aytganlariga, nasihat va tavsiyalariga inonadi. Xonadonida pir-u badavlat otaxoni, onaxoni bor oila farzandlarining iymonli, mo‘min va mo‘mina, tarbiyali va tavoze’li bo‘lib voyaga yetishishi ham ayni ularning xizmatlari sababdandir. Endi tasavvur qilaylik, mahallada ana shunday oqila va kayvoni onaxonlar faollarga hamdam, hamroh bo’lib, birgalikda bosh bo‘lsa, illatlarni yo‘q qilish emas, fazilatlar haqida, yutuq va muvaffaqiyatlar haqida gapirarmidik. Yosh oilalarning ajrimi emas, ularning ezgu tashabbuslari, bunyodkorlik ishlari bosh mavzuyimiz bo‘larmidi…

Prezidentimiz ham joriy yilning 1-mart kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida joylarda obro‘-e’tiborli, katta tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil etish g‘oyasini ilgari surganlarida ham ayni shu ma’no mujassam. Ushbu g‘oyaning amaldagi isboti sifatida Surxondaryo viloyatida ham jamoatchilik asosida ish yuritadigan mazkur harakat faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hududlarda ko‘ngilli hamda faol ayollar orasidan harakat a’zolari tanlab, saralab olindi.

Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da Surxondaryo viloyati “Oqila ayollar” harakati a’zolarining anjumani tashkil etildi. “Oqila ayollar” harakati yetakchisi va o‘rinbosarlari saylangan anjumanda harakatning viloyat, tuman va shahar, mahalla boshlang‘ich guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Harakatning ilk anjumanida Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov hamda Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamovaning ishtiroki, harakat a’zolarini qo‘llab-quvatlash maqsadida aytgan fikrlari va ularga bildirgan yuksak ishonchi barchani to‘lqinlantirib yubordi.

Tadbir davomida harakatning maqsad va vazifalari haqida fikr yuritildi. Jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan yangi tuzilmaning faol va tashabbuskor ayollarini bir safda birlashtirib, ularni qo‘llab-quvvatlash, oila, farzand, shu jumladan qizlar tarbiyasi va ma’naviyatini yuksaltirish, mahallalarda oilalarni mustahkamlash kabi mas’uliyatli ishlarni samarali tashkil etish ishlariga ramziy ma’noda start berildi.
Anjumanda so‘zga chiqqan harakat a’zolari harakatning Yangi O‘zbekistonda yangi ma’naviy makon yaratish, xalqimizga xos ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odat va noyob an’analarni tizimli targ‘ib qilish uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidlashdi.

Jamiyat hayotimizda xotin-qizlar faolligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan videorolik namoyishi esa barchaga manzur bo‘ldi. Shuningdek, yakunda harakatning boshlang‘ich guruhlari a’zolariga viloyat hokimi nomidan oila va farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan kitoblar tuhfa qilindi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talab va ehtiyoj qondiriladi

Dunyoda tabiiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab va ehtiyoj ortib borayotganidan...

Endi «Halol» belgisi bilan…

O‘zbekistonda 2025-yilning 1-mayidan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti...

“Parranda boqish – daromad topish”dir

Yurtimizda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi....

Rasmiy saytlar gov.uz domeniga o‘tkaziladi

2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan...
KunTun
KunTun