“Mashg‘ulotlarni intiqlik bilan kutishadi…”

Date:

Fan yoki soha sirlarini o‘rganishda ustozning o‘rni nihoyatda katta. U yanada qiziqishni oshirishi va yoki so‘ndirishi ham mumkin. Muhimi o‘quvchi uni qanday qabul qilishiga bog‘liq.

Qiziriq tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabida tashkil etilgan tasviriy san’at to‘garagi a’zolari har bir mashg‘ulotni intiqlik bilan kutishadi. Sababi to‘garak rahbari Hilola Muhammadiyevaning o‘ziga xos dars o‘tish metodikasi va uslubi bor. Ustoz bor e’tiborni o‘quvchilarni qiziqish va istaklariga qarab mavzu tanlashga qaratadi. Mavzuni, tasvirni avvalo tasavvurda shakllantirishga harakat qiladi. Ana shundagina chizish osonlashishini uqtiradi. “Zolushka ertagiga illyustratsiya ishlash” mavzusida esa ertakni yodga olishdi. Tasavvur hosil bo‘lgach, chizishga kirishishdi.

Darslar qiziqarli va yangidan-yangi bilim, ko‘nikmalarga boy o‘tayotir. Ijod namunalari ham qilingan mehnatga munosib tarzda tomoshabinga manzur bo‘lmay qolmaydi. Mana shunday to‘garaklar yoshlarni san’atga, adabiyotga, mutolaaga qiziqtirib, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga yordam beradi.


Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qamrovi oshiriladi

Sariosiyo tumanining "Anorzor" mahallasida “Madina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha...

2 million quti sigaret yo‘q qilindi

Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi kontrafakt tamaki mahsulotlari sud qarori...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...
KunTun
KunTun