Bayram sayli etadi davom

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda. Istirohat bog‘i va Alpomish o‘yingohi hududida tashkil etilgan Navro‘z saylida tuman aholisi bayramona shodlik va quvonch bilan ishtirok etdi. Milliy qo‘rg‘onlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, xalq amaliy san’ati va madaniy chiqishlar saylga alohida fayz bag‘ishlab, mehmonlar va oilalarning yuzlariga tabassum ulashdi.

Tuman hokimi Farrux Xoliqov va rahbarlar tadbir hududini ko‘zdan kechirib, hunarmandlarning mahorati va milliy an’analar asosida tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Ishtirokchilar an’anaviy o‘yinlar, san’at namoyishlari va hunarmandchilik mahsulotlariga qoyil qolib, Navro‘z bayramining mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birlik ruhini his qilishdi.

Ushbu sayl nafaqat milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, balki tuman aholisi o‘rtasida hamjihatlik va bayramona kayfiyatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

INSON QADRI UCHUN…

Inson qachon qadr topadi? Qachonki, uning orzu va maqsadlari...

Narx-navo barqarorligi saqlanadi

Yangi yil ostonasida turibmiz. Albatta, bayram bayramdek bo‘lishi uchun...

16 kunlik faollik boşlandi

Termiz şahrida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zöravonlikka barham beriş uçun...

ҲАМДАРДЛИК БИЛДИРАМИЗ!

«QUANTUM INSURANCE» акциядорлик жамияти (аввалги номи «ИНГО-УЗБЕКИСТАН») жамоаси, суғурта...
KunTun
KunTun