Ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Date:

Dunyoning ko‘pchilik davlatlarida, jumladan O‘rta Osiyo davlatlari qatori O‘zbekistonda ham har yili yoz-kuz oylarida kuydirgi kasalligi qayd etilib turadi. Kuydirgi xastaligini oldini olishda sanitariya-profilaktika ishlarini kuchaytirish muhim. Qishloqlarda, maktablarda, chorvachilik korxonalarida, ovqatlanish shoxobchalarida, suv havzalarida kasallikning kelib chiqishini, oldini olish chora-tadbirlarini, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilishning ahamiyatini aholiga tushuntirib borish zarur.

Shu maqsadda Termiz tumanida Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasi bilan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, veterinariya, sanitariya sohasi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirokida “Kuydirgi kasalligining mavjud tabiiy o‘choqlaridan kasallik kelib chiqishining oldini olish va kasallik tarqalganda FVDqT tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar kuydirgi kasalligi va uning tarqalishini keltirib chiqaruvchi tabiiy o‘choqlar hamda favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda qanday harakatlanish tartiblari haqida ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida ko‘rgazmali chiqishlar va umumiy mashg‘ulotlar namoyish etildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun