Xum qayoqqa ketdi?

Date:

Termiz arxeologiya muzeyi aholi tomonidan topilgan ko‘plab tarixiy topilmalar hisobidan ham boyib bormoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘tkazib kelinayotgan “Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi xayrli ishlarga sabab bo‘lyapti.

Muzrabotlik fuqaro Mamatqurbon Xolmirzayev tomonidan topilgan xum ko‘rinishidan qadimiy va bir necha asrlik tarixdan hikoya qilgandek tuyuldi. Xum xonadonida turgandan ko‘ra muzeyda eksponat sifatida saqlansa, tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otishini, qaysidir davr haqida tarixda yangi sahifalarni ochib berishini o‘ylab, muzeyga topshirishni afzal bildi. Eksponat tegishli hujjatlar asosida muzey fondiga qabul qilindi.
M.Xolmirzayev esa bu qarori evaziga muzey ma’muriyatining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun