“Ishlar ishbilarmonning o‘ylaganidek ketsa…”

Date:

Yerga berilgan mehr va e’tibor, foydali o‘g‘itlar hosilning mo‘l bo‘lishiga xizmat qiladi. Angorlik Jasurbek Eshmoʻminov aholining yuqori hosildorlikka erishishi uchun xizmatga bel bog‘lagan. To‘g‘ri, bu bilan o‘zi ham quruq qo‘l bilan qolmaydi.

Jasur Eshmo‘minovning asl kasbi o‘qituvchilik bo‘lsa-da, bekor o‘tirishni yoqtirmaydi. Bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha daromad olish maqsadida kaliforniya yomg‘ir chuvalchangini parvarishlab, biogumus tayyorlashning uddasidan chiqdi.

Kerakli qarov va uskunalar bilan maqdadga erishgan Jasurning ish boshlanagiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo, natija yomon emas. Ayni vaqtda u tayyor biogumusni aholi tomorqalari va issiqxonalariga yetkazib berayotir.
Ishlar ishbilarmonning o‘ylaganidek ketsa, faoliyatini kengaytiradi va yangi ish o‘rinlari yaratib, aholiga yanada naf keltiradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun