Gulxan atrofida uchrashuv

Date:

Oy va yulduzlar miltirab turgan oqshom pallada gulxan atrofida jam bo‘lishning gashti o‘zgacha. Chirsillab yonayotgan olov, samimiy va do‘ston muhit. Bunday jarayonda qurilgan suhbat ham ko‘ngilga hush yoqadi. Yaxshi o‘y-xayollarga, ezgu maqsadlarga boshlaydi. Muhimi, siz bu aurani qabul qilishga tayyor bo‘lishingiz lozim.
Termiz shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tashabbusi bilan Termiz shahar “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida ayni shunday gulxan atrofida uchrashuv tashkil etildi. Uzundan-uzun va’zxonlik bo‘ladigan majlislar zalidan zerikkan yoshlar uchun bu uchrashuv ayni muddao bo‘ldi.
Tinchlik va osoyishtalikni targ‘ib etgan uchrashuvda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashmoq lozimligi, insoniylik, vatanparvarlik g‘oyalari bilan yashash, o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘yish zarurat ekani yoshlar ongiga singdirildi. Bugungi yosh avlodning o‘z mustaqil fikri bor. Ozmi-ko‘pmi jamiyat hayotida daxldorlik hissi ila yashayotganini ularning so‘zlari isbotlab turibdi.
“Vatanparvarlik – yuksak g‘oyaviy tuyg‘u” mavzusida tashkil etilayotgan noan’anaviy tarzdagi uchrashuvlar zamon talabi. Yoshlarni kattalarga xos emas, kattalar yoshlardek bo‘lishni o‘rganishlari, ulardek fikrlab, ular bilan do‘stona muloqotlar uyushtirishlari, bir maqsad yo‘lida olg‘a qadam tashlashlari lozim.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun