Elektr energiyasidagi uzilishlarga chek qo‘yiladigan bo‘ldi

Date:

Kun isigandan isigan. Bir muddat quyosh tig‘ida qolganni issiq urishi aniq. Bunday paytda uyda bo‘lamizmi, xoh ishda konditsioner jonimizga ora kiradi. Elektr energiyasida uzilish bo‘ldimi, vahimaga tushishimiz aniq.
Sariosiyo tumanidagi “Nurbuloq” mahallasida esa ana shunday uzilishlar tez-tez kuzatiladi. Oz emas, naq 315 ta transsformatorda yuzaga kelgan nosozliklar mahalla ahlini qiynab kelayotgan edi.
Mahalla “Obod qishloq obod mahalla” dasturiga kiritilib, elektr energiyasidagi uzilishlarga chek qo‘yiladigan bo‘ldi.
Dastur doirasida elektr energiyasini yanada yaxshilash maqsadida 35 ta yangi temir beton ustunlari olib kelindi. Mavjud transformatorlarda yuzaga keladigan nosozliklar tuman TETK xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...
KunTun
KunTun