Qimmatli sovg‘a

Date:

Mutolaa — makon va zamon tanlamaydi. Barcha davlatlarda va millatlarda ham yosh avlodni kitobxonlikka qiziqtirishadi. Yoshlar ma’naviyati, dunyoqarashi qancha keng bo‘lar ekan, o‘sha davlatda rivojlanish, o‘zgarishlar kuzatiladi. Eng yaxshi sovg‘a ham, eng yaxshi tilak ham kitob, kitob mutolaasi aslida. O‘zbekistonning Turkiya bilan hamkorlikda ish olib boruvchi ART kompaniyasi rahbari Mustafo Klinch buni yaxshi biladi. Uning yurtimizga tashrifi, eng yaxshi tilaklari ana shunday qimmatli sovg‘aga ulandi. U keliboq Sariosiyo tumanidagi axborot kutubxona markaziga tashrif buyurdi.

Bo‘sh vaqtini kutubxonada o‘tkazayotgan yoshlarni zavq bilan kuzatdi. Mezbonlar bilan kitobning qiymati, mutolaaning foydasi haqida suhbat qurdi.
— Kitob asrlarni asrlarga, zamonlarni zamonlarga, rishtalarni rishtalarga ulovchi vosita. Shu bois yoshlar, balki butun jamiyat orasida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibotlarni kuchaytirish zarur deb o‘ylayman, — deydi Mustafo Klinch. — Bu kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirishda esa hozirgidek zamonaviy axborot kutubxona markazlarining tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega.
Tashrif davomida mehmon axborot kutubxona markaziga yosh bolajonlarni aqliy rivojlantirishga hissa qo‘sha oladigan kitoblar va har xil o‘yinchoqlar sovg‘a qildi. Ha, markazga o‘qish va olam-olam taassurot olishni ko‘ngliga tugib kelgan yoshlar ana shu adabiyotlardan, albatta, foydalanishadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun