Bobotog‘lik ayollar holidan xabar olindi

Date:

“Bobotog‘” mahallasi Uzun tumanidagi eng chekka hududlardan. Havosi toza, tabiati so‘lim bu go‘shada ham hayot qaynaydi. Mahalla ahli turmush tashvishlari bilan mehnat qiladi, harakatdan to‘xtamaydi. Ular-da issiq jon, ularga-da muammo bor.

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z. Xidirova hamda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Gulboyevalar “Bobotog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, xotin-qizlar holidan xabar olishdi. Ko‘ngillariga qo‘l solib, dardlariga quloq tutishdi.

Shu kunning o‘zida 12 nafar ishsiz xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, mahalla ahlini kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyoj va talabini qondirib kelayotgan ishbilarmon ayol Anorxol Shaymardonovaning tikuvchilik yo‘nalishida olib borayotgan ishlari bilan tanishildi. Tadbirkor ayolning kelgusida amalga oshirajak yangi loyihalari o‘rganildi va fikr almashildi.

Ayniqsa, tibbiyot xodimlari tomonidan tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan bir guruh ayollar tekshiruvdan o‘tkazildi. Laboratoriya tahlilidan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan aniq tashhis qo‘yildi. Kerakli dori-darmon vositalari bilan bepul ta’minlanishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun