“Qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda”

Date:

Davlatning Bosh qomusi — Konstitutsiya xalq manfaatlarini ko‘zlashi, haq-huquqlarini belgilab, himoya qilish uchun ham kerak. Unga o‘zgartirish kiritish, bunda xalq irodasiga tayanish fuqarolar uchun katta imkoniyat beradi. Bu imkondan to‘g‘ri foydalana olish, ko‘pning manfaatlariga xizmat qiladigan takliflarni bildira olish lozim. Buning uchun joylarda davra suhbatlari, targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etilayotir. Ana shunday davra suhbati Sho‘rchi tumanida Xalq demokratik partiyasi hamda O‘zLiDeP hamkorligida tashkil etildi.

“Konstitutsiya – inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari kafolati” mavzusidagi davra suhbatida davlat qonunining ahamiyati tushuntirildi.

— Konstitutsiya biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixordir, — deydi Xalq demokratik partiyasi Sho‘rchi tuman Kengashi raisi Botir Rajapov. — U har bir insonning o‘z fikrini emin-erkin ifoda qilishida, o‘z haq-huquqlarini talab etishida, burch va mas’uliyatlarini bajarishida bamisoli qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun