Sohada yangiliklar ko‘p…

Date:

Yurtimiz hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar tezkorlik va xolislik ila yetkazib berilayotir. Bunda, albatta, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarning o‘rni va roli katta.Viloyatda 37 ta bosma davriy nashr, 3 ta televideniye, 1 ta radiokanal, 4 ta nashriyot, 4 ta veb-sayt, 57 ta matbaa korxonasi, 50 dan ortiq davlat va jamoat tashkilotlarida axborot xizmati faoliyat yuritayotgan, oshkoralik, so‘z erkinligi ta’minlangan davlatda soha xodimlari ana shunday faoliyat yuritishi shubhasiz.

Voha jurnalistlari yaxshi biladi, to‘rt yil avval Termiz shahridagi Matbuot uyi binosi tubdan rekonstruksiya qilinib, jurnalistlar uchun barcha qulaylik yaratilgan edi. O‘tgan yili “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari tahririyati uchun alohida bino qurilib, foydalanishga topshirilgani ham voha hayotidagi, qolaversa, sohadagi yaxshi yangilik.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasi ham o‘z faoliyatini yangi binoda boshlanagani, Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida yangi qo‘shimcha bino barpo etilib, ikkita studiya zamonaviy televizion texnologiyalar bilan jihozlangani qulaylik, yaxshi sharoitda faoliyat yuritish imkonini berdi.
Albatta, barcha shart-sharoit va imkoniyat berilgan davlatda soha xodimlaridan fidoyilik bilan faoliyat yuritish, ilg‘orlik, yaxshi natijalar kutiladi. Surxondaryoda esa jurnalistikaning o‘ziga xos maktabi yaratilgan. Soha fidoyilarining iqtidori, mehnat-u mashaqqatlari singgan maktabda ustozlar tavsiyasi, tajribasi samarasi o‘laroq o‘z uslub va yo‘nalishiga ega yosh jurnalistlar yetishib chiqayotgani fikrimiz isbotidir.

Har yili o‘zgacha shukuhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkaziladigan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bu safar ham keng nishonlandi. Termiz shahridagi muhtasham “Azizbek” to‘yxonasida asosiy bayram tadbiri tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari xodimlari, nashriyot va matbaa sohasi vakillari, faxriy jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolovning tadbirda bildirgan samimiy tabriklari, albatta, soha xodimlarini ruhlantirdi.

Tantanali tadbirda bir guruh soha xodimlari, faxriy jurnalist va blogerlar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ajoyib bayram dasturi, dilbar navolar kechaga yanada fayz kiritdi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun