Tailandlik olimga “Surxondaryo viloyatining Ziyorat turizmi elchisi” sertifikati taqdim etildi

Date:

Surxondaryo boy tarixga ega. Olis o‘tmishdan so‘zlovchi obidalar, qadimiy yodgorliklar va masjidlar bunga guvohlik berib turgandek bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ajdodlarimizdan qolgan o‘lmas yodgorliklar avlodlar uchun madaniy meros bo‘lish bilan birga yangi soha — turizmning rivoj topishiga sabab bo‘lgani haqiqat. Bu merosni ko‘rish istagida dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar tashrif buyurayotgani tug‘ilib o‘sgan vatanimizga, qadriyat va an’analarimizga nisbatan faxr va iftihor tuyg‘usini uyg‘otadi.
Albatta, “O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda buddaviylik obidalarining”-da o‘z o‘rni bor. Ayni mavzuga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada so‘zga chiqqan borki, yurtimizning shonli tarixi haqida hikoya qilib, buddaviylik dini bilan bog‘ladilar. Unda mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Tailand Qirolligi fuqarosi, O‘zbekistonda buddizm tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib brogan professor Phansak Boonyasopholphongga “Surxondaryo viloyatining Ziyorat turizmi elchisi” sertifikati topshirildi. Olimning o‘rganishlari, tadqiqotlari haqidagi ma’lumotlar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Ushbu xalqaro tadbirda mahalliy ekspertlar bilan birga Xitoy, Yaponiya, Tailandning olimlari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun