Ot izini toy bosar

Date:

Otasi bilan faxrlanish hissi boshqacha bo‘lsa kerak. Ayniqsa, otasi elga sidqidildan xizmat qilib, yuqori martabalarga erishgan bo‘lsa, o‘zining mehnati va tirishqoqligi xalq mehrini qozongan bo‘lsa bu hislar yanada jo‘shqinlanadi.

Ota izidan borish va u boshlab bergan yo‘ldan yurish esa ko’plab er-yigitlar orzusi. Ana shunday orzumandlar orasida sariosiyolik Samandarbek ham bor. U chinakam vatanparpar otaning, harbiy xizmatchining o‘g‘loni. Bu esa unga ham g‘urur, ham faxr tuyg‘usini baxsh etish bilan bir qatroda imtiyoz ham olib kelishini u hali kutmagandi. Biroq shunday bo‘ldi.

DXX chegara qo‘shinlari Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi harbiy qismlarning birida xizmat burchini o‘tayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda ajratilgan besh foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali tarzda topshirildi.

O‘zining intizomliligi, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda a’lo baholar bilan xizmat qilib kelayotgani bois serjant Shukurjon Jo‘rayevning farzandlari Samandarbek Shokirovga ham imtiyozli tavsiyanoma taqdim etildi.

— Mening dadam chegarachi, Vatan himoyachisi bo‘lganidan faxrlanaman va kelajakda axborot texnologiyalari yo’nalishida tahsil olib, yurtimiz ravnaqi va rivojlanishi yo‘lida bor kuch  bilimimni safarbar etishga va’da beraman deydi — Samandarbek Shokirov. — Kelajakda ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib otam kabi men ham jamiyatimiz korriga yaraydigan inson bo‘lishni dilga tukkanman.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohalar bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda

Bugun tongni telefon signalisiz, yangiliklarni internetsiz, muloqotni ijtimoiy tarmoqlarsiz...

TERMIZGA YO‘L…

(Termiz sayyohlar nigohida) Ma’lumki, oxirgi yillarda yurtimizda ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan...

 G‘olib bo‘lmagan loyihalar ham moliyalashtiriladi

2026-yil 1-yanvardan deputatlar har yili tashabbusli byudjet jarayonlarida tegishli...

Maktab qurilishi qanday ketmoqda?

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida 2025-yilgi Investitsiya dasturi asosida 504...
KunTun
KunTun