Ijarachiga imtiyoz!

Date:

Uysiz, turar joysiz ijarama-ijara yurish oila sohiblari tugul, hattoki talabalarga ham qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayniqsa, katta shaharga endigina kelgan, qayerda tunab qolishini bilmay turgan talaba-yoshlar uchun ijaraga uy topish biroz mushkul.  Har kim ham uyida yetti yot begona kishining ijarada yashashiga ruhsat beravermaydi. Shundanmi, o‘g‘li yoki qizi olis hududga o‘qishga kirganida ayrim ota-onalarning farzandining turar joyini o‘ylab, boshi qotadi.

Talabalar turar joyi esa hamma talabaga ham yetarli emas. Biroq bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqdaki, talabalar ijarada yashab, ustiga ustak yashash joyiga pul to‘lolmasadan aziyat chekmasin, degan yaxshi bir tashabbus bilan hukumatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining ijara pullarining ma’lum qismini to‘lab berilishi joriy qilinganining o‘ziyoq talabalar uchun yaxshi yangilik bo‘ldi.

Endilikda bu kabi amaliy ishlar davom ettirilib, ijarada turgan talaba tugul xonadon sohibiga ham imtiyoz berilayotir.

Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1-moddasiga asosan, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar hisoblanadi. Ya’ni, talabalarga uyini ijaraga berganlar daromad solig‘i to‘lamaydi. Talaba ham soliq to‘lamaydi.

Bundan tashqari, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 270 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa BHMning 135 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

Ilgari o‘qishga kirsam kontraktimni kim to‘laydi, ijaraga uyni qayerdan topaman, meni kimdir uyiga ijarachi qilib oladimi, qabilidagi savollar ko‘pchilik talabalarni qiynaydigan muammolardan biri edi. Yurtda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’limga ajratilayotgan ulkan sarmoya va e’tibor sabab bugunning baxtli talabalari uchun bundayin o‘yu tashvish begonaga aylanmoqda.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun