Zamonaviy klinika ishga tushsa…

Date:

Boysun tumanida katta o‘zgarish va loyihalar ishga tushmoqdaki, bu faqat va faqat aholining turmush tarzini yaxshilashga, hayotini farovon qilishga xizmat qiladi deyish mumkin. Tumanning “Obi” mahallasida “Imomqulov Adhamjon” MChJ tomonidan davolash, diagnostika va laboratoriya xizmatlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy klinikaning bunyod etilishi esa aholi salomatligiga qaratilgan yuksak e’tiborning amaldagi namunasidir.
Qiymati 7 milliard so‘m bo‘lgan klinikada ayni paytda jihozlash, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Klinika foydalanishga topshirilishi bilan boysunliklar shifo istab, uzoq yo‘l yurishiga hojat qolmaydi. Ushbu klinikaning o‘zida kerakli tekshiruvlardan o‘tib, tahlillarini topshirishadi. Malakali mutaxassislarning tashxisi bilan shifo topishadi.
Klinika yil yakuniga qadar ish boshlashi rejalashtirilgan bo‘lib, yiliga 3 ming nafar qatnovchiga xizmat ko‘rsatadi va 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun