Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Date:

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, er-xotin o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni tiklash ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois Termiz tumanida oilaviy nizolar yuzaga kelgan xonadonlar bilan manzilli profilaktik ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tuman Oila maskanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Rasulova boshchiligida Orol va Uchqizil mahallalarida yashovchi, oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlar tashkil etildi.

Unda tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, «Oqila ayollar» harakati a’zolari hamda faol nuroniylar ishtirok etdi.

Suhbatlarda oilalarda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinib, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, sabr-toqat va murosaning ahamiyati, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Mavjud kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish, oilalarni yarashtirish va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Bunday manzilli profilaktik ishlar oilalardagi muammolarni chuqurlashmasdan bartaraf etish, farzandlar manfaatlarini himoya qilish va oilaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun