Marosimlarda isrofgarchilikka o‘rin yo‘q

Date:

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz, belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tkazish nafaqat oilalar farovonligi, balki jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni qaror toptirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada aholining huquqiy madaniyatini oshirish va mahalla faollari mas’uliyatini kuchaytirish dolzarb vazifalardan biridir.

Shu mavzuda Angor tumanida “To‘y va marosimlar: qonuniy tartib — oila farovonligi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi Qosim Mardonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Alimov, viloyat mas’ullari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda to‘y va oilaviy marosimlarni amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish, ortiqcha sarf-xarajat va isrofgarchilikning oldini olish, marosimlarni ixcham va mazmunli o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Mahalla yettiligi vakillarining bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va belgilangan tartiblarga rioya etilishini ta’minlashdagi vazifalari alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Angor tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Saydulla Jumayev ishtirokchilarga tanishtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun