Onam aytgan allalar

Date:

Alla — sehrli ohang. Unda ijro etilgan so‘zlar esa g‘oyat qimmatli. U bolaning kelajagining nurli bo‘lishi tilab aytilgandek. Va ana shu tilaklar hamohangligida ulg‘aygan bola ham albatta, onasi orzularini ro‘yobga chiqarishga harakat qiladi, o‘z oldiga katta-katta maqsadlar qo‘yib odimlaydi. Ha, alla ana shunday qudratga, kuchga ega. Aks holda hech nimani tushunmagan, borliqni anglamagan bir parcha et shu ohangga mast bo‘lib, birdani tin olib, orom uyquga ketarmidi?
Inson ulg‘ayganida ham alla aytishayotganini eshitib qolsa, ko‘ngli allanechuk bo‘lishi, ta’sirlanishi aniq. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da o‘tkazilayotgan “Ma’rifiy targ‘ibot ishlari samarasi va ta’sirchanligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusidagi o‘quv-seminari doirasida “Onam aytgan allalar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan Respublika tanlovida ishtirok etgan borki, sahnada yangragan allalarni eshitib, ayni shunday ta’sirlanishdi.
Albatta, alla qanday tilda kuylanmasin, u birdek kuchga ega. Ularni eshitib yuraklarimiz sel bo‘ladi, miriqib tinglab, bolalikka qaytamiz. Tanlovda navbat berilgan ishtirokchilar ham o‘z ijrolari orqali tomoshabinlar ko‘nglidan joy oldilar. Tanlovda Surxondaryo ma’naviyatchilari ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun