Tashabbusi ila shod etdi

Date:

Hayit bayrami arafasida ezgu amallarimiz bilan yo‘qsillar ko‘nglini shod etishga harakat qilamiz. Kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj va yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish xalqimizga xos an’ana tusini olgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Uzun tumanida ham tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tashabbusi bilan ana shunday ezgu amalga qo‘l urildi. Tumanning 4-sektor hududidagi “Navro‘z”, “Yoshlik”, “Ittifoq” va “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi “Ayollar daftari”, “Qizil toifadagi yoshlar” hamda “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi nogironligi bor 15 dan ziyod oila holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘asi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom hayot sari 1000 qadam

Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari “Yoz–2026”...

Qaldirg‘och

Bir kuni qo‘shnim bilan suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt...

Hokimlar endi aholini shaxsan qabul qiladi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda...

30 yildan oshsa, ekologik to‘lovi bor

O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan...
KunTun
KunTun