MATBUOT KOTIBLARI AMALIY SEMINARDA

Date:

Tashkilotlarda axborot xizmati tashkil etilgandan buyon matbuot kotiblari OAV va tashkilot o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tayotir. Ammo, ularni-da faoliyatida muammolar, to‘sqinlik qiladigan jihatlar ham borligi haq gap. Ishda yuqori natijaga erishish uchun ana shu muammolarni bartaraf etish lozim. Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan esa “OTM matbuot xizmati — 2023. Oliy taʼlim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusidagi oʻquv seminari tashkil etildi. Tadbirda 100 nafardan ziyod oliy taʼlim muassasalari matbuot kotiblari ishtirok etdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tadbir ishtirokchilarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklab, OTM faoliyatini keng yoritishga hissa qoʻshayotgan soha vakillarining faoliyati oliy taʼlim tizimining muhim boʻgʻini ekanini qayd etdi.
Shuningdek, seminarda oliy taʼlim muassasalarida axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, axborot xizmatlari xodimlari oʻrtasida tajriba almashish uchun keng maydon yaratish, ular oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oliy taʼlim sohasidagi islohotlarni aholiga tezkorlik bilan yetkazish, oliy taʼlim muassasalari axborot xizmatlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islombek Rustambekov, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja, soha mutaxassislari tomonidan “Axborot olish va tarqatishning huquqiy asoslari”, “Notoʻgʻri maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik, rasmiy munosabat bildirish usullari va raddiya berish tartibi”, “Shaxsiy hayot daxlsizligi va soʻz erkinligi: oqilona muvozanat”, “Tashkilot faoliyati haqida qanday gapirish/yozish kerak?», “Ommaviy axborot vositalarida shaxs shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini yoritish masalalari”, “Oliy taʼlim tashkilotlari matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirish (zamonaviy kontent, dizayn, maxsus dasturlar)” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. Ushbu mavzular yuzasidan fikrlar qarama-qarshiligi esa qizg’in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Oʻquv seminari doirasida oliy taʼlim muassasalari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish, sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.
Albatta, axborot xizmati faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...

“Boysun bahori” — madaniyatlar chorrahasi

Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng...

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...
KunTun
KunTun