Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Date:

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Byuroning viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari, axborot xizmatlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.A. Xolmirzayev hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Xususan, ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishi, davlat foydasiga mablag‘ undirish, aliment to‘lovlarini undirish hamda qarzdorlarni ishga joylashtirish borasida erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi.

Qayd etilishicha, hisobot davrida 850 mingta ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borilib, qariyb 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan. Shundan davlat foydasiga 1,77 trillion so‘m, aliment to‘lovlari bo‘yicha esa 229 milliard so‘m mablag‘ undirilgan.

Shuningdek, 2026-yilda ijro hujjatlari bo‘yicha amalda undirilgan mablag‘lar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 643,7 milliard so‘mga yoki 31 foizga oshgani ta’kidlandi.

Matbuot anjumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, maxsus «Daftar»lar jamg‘armalariga mablag‘ yo‘naltirish hamda aliment qarzdorlarini ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar ham qayd etildi.

Tadbir yakunida jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan tegishli javoblar oldilar.

Dinara Qoʻzimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun