Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunday tashabbuslar ayollarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida Neftchilar mahallasida Surayyo Ashurova tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi.

Viloyat hokimi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib, tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Ayni paytda korxonada 30 dan ortiq turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Loyiha doirasida mahallada yashovchi 10 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlanib, ular uchun doimiy daromad manbai yaratilgan.

Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar daromadini ko‘paytirish va mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun