“Oqtoshobod” ish boshladi

Date:

Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor negizida xalqmizning sihat-salomatligini asrash yotadi. Shahar markazida bo‘ladimi, chekka hudud — qishloq va ovullarda bo‘ladimi, barcha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, doimiy nazoratda turishi lozim. Buning uchun esa oilaviy shifokorlik punktlari, klinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tibbiyot xodimlari kecha-yu kunduz kerakli tibbiy yordamni ko‘rsatishga shay.
Gap oilaviy shifokorlik punktlari haqida ketar ekan, so‘nggi paytlarda elektron poliklinika atamasi kirib keldiki, bu orqali aholi bilan ishlashning yangicha va qulay tizimi yaratildi. Qolaversa, tibbiyot punktlarining moddiy-texnik bazasi, shart-sharoitlari yaxshilanib, kerakli qurilish-ta’mirlash ishlari ham olib borilayotgani kishini quvontiradi.
Muzrabot tumanining “Fayziobod” mahallasi aholisi uchun pudratchi tashkilot “Samoni-Nur Sultoni” MCHJ tomonidan, 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ hisobiga tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Oqtoshobod” oilaviy shifokorlik punktining yangi binosi barpo etilgani ana shunday ishlarning amaldagi bir ko‘rinishidir.
Mazkur binoning ochilish marosimi va foydalanishga topshirilishi esa “Fayziobod”larning yosh-u keksasini birdek quvontirdi. Tadbirni ochib bergan tuman hokimi A.Ismailov mahalla aholisini yangi binoning foydalanishga topshirilishi bilan tabriklab, qilinayotgan bunday katta o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zladi.
Bayram tadbiridan so‘ng barcha oilaviy shifokorlik punktidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu tibbiyot maskani aholi salomatligi uchun uzoq yillar xizmat qilib, tanlarga sihat ulashadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun