Piyozdan 25 million so‘m…

Date:

Ishsiz yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritilgani-yu, bandligi ta’minlangani haqida to‘xtalishga to‘xtalamiz-u, ammo ularning keyingi taqdiri nima bo‘lgani, o‘sha ishni eplab daromad ko‘ryaptimi, yo‘qmi — bu yog‘i tuman ostida qolib ketayotgandek bo‘ladi. Xuddi shunday sal avval Angor tumanining “Markaz” mahallasi hududidan auksion orqali 47 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshga dehqonchilik qilishlari uchun yer ajratib berilgani haqida to‘xtalgan edik. Xo‘sh, ular yerdan unumli foydalana olishdimi yoki ishning o‘rtasida barchasiga qo‘l siltab tashlab ketishdimi? Ana shunday savollar qiynayotgan bir paytda ishonch bilan aytish mumkinki, yoshlarning barchasi berilgan imkoniyatdan foydalanib, daromad olishmoqda.

Asliddin Xolmo‘minov ham o‘sha 47 nafar yoshning biri. U o‘zining mehnati ortidan oilasiga qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnun holda ish boshlagan edi. Berilgan 15 sotix yerga piyoz, sabzi va qizil lavlagi kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekib, parvarish qildi. Ayni kunlarda esa ushbu mahsulotlar pishib yetildi va xalqimiz dasturxoniga tortiq etish uchun bozor rastalariga olib chiqildi.

—  Ish bilan band bo‘lib, daromad ko‘ra boshlasangiz, miyangizda foyda olish uchun g‘oyalar ham kela boshlarkan, — deydi Asliddin Xolmo‘minov. — O‘tgan yili 15 sotix yerga makkajo‘xori ekkan bo‘lsam, bu yil yanada ko‘proq daromad olishni ko‘zlab, piyoz ekdim. Piyozlarim pishib, kilosini 3-4 ming so‘mdan sotayotganimni hisobga olsam, taxminan 25 million so‘m foyda olar ekanman. Harakat qilgan, mehnat qilgan, albatta, kam bo‘lmas ekan.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun