Xitoylik delegatsiya TerDUda…

Date:

Oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik o‘zaro tajriba almashish, jahon standartlariga moslashish uchun ham kerak. Albatta, har qanday hamkorlikdan ma’naviy foyda, tajriba o‘rganishni reja qilamiz, shu o‘rinda yurtimiz oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik har tomonlama manfaatli bo‘lib xizmat qilishini unutmaslik lozim.
Yurtimiz tarixi, qolaversa, vohamizning noyob topilma va yodgorliklarga boy ekani, buddaviylik dinining o‘chog‘i bo‘lib xizmat qilishi ko‘plab davlatlarning ilm ahli va arxeolog-olimlarini qiziqtirishi bor gap. Termiz davlat universiteti va Xitoy Madaniy meros instituti o‘rtasida bo‘ladigan xalqaro hamkorlikka mana shunday qiziqishlar bosh sabab bo‘ldi deyish mumkin. Xitoy Xalq Respublikasining Janubiy-gʻarbiy universiteti

boshchiligidagi 11 nafar professor-olimlardan iborat delegatsiya Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Ikki oliy ta’lim dargohi rahbarlari professor A.Maraximov hamda Ma Jian oʻrtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga doir uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda TerDU tarix fakulteti dekani Sh.Abdulloyev, professor Sh.Shaydullayev, tarix fanlari nomzodi dotsent T.Annayev va xitoylik bir guruh mutaxassislar ishtirok etdi.
Maqsad esa har ikki universitet hamkorligida Surxondaryo vohasida qadimgi odamlar va tabiatning oʻzaro munosabati loyihasi boʻyicha 2023-2025-yillarda ilmiy-amaliy ishlar olib borishdir. Shuningdek, Milodiy VIII asrgacha boʻlgan vohadagi 40 dan ortiq yodgorliklarni oʻrganish reja qilingan.

Uchrashuv davomida kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi va yakunda memоrandum imzolandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun