Kayranliklar g‘ayrat qildi

Date:

Kunlar isishi bilan chanqoqbosti ichimliklar, meva-chevalar-u qovun-tarvuzga bo‘lgan ehtiyoj va talab kuchayadi. Bunga javoban esa fermer va dehqonlarimiz allaqachon harakatni boshlab yuborishgan bo‘lib, bozor rastalarini talab va istaklarimizga binoan meva va poliz mahsulotlari bilan to‘ldirishga urinishganini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Meva-chevalar-ku, tabiatning tuhfasi yanglig‘ janubiy vohada boshqa hududlarga nisbatan ertaroq pishib yetilsa, bahor oxiri, yoz boshlarida tarvuz ham bo‘y ko‘rsata boshlashi biz uchun eng yaxshi yangilik.
Harakatni avvalroq boshlab, 10 gektar yer maydonida tarvuzning “Dolbi” hamda qovunning “Dakara” navlarini yetishtirayotgan Angor tumanidagi “Rizq-Baraka-Kayran” mas’uliyati cheklangan jamiyati polizkorlari bu safar qovun-tarvuzni plyonka usulida ekishdi. Ko‘chatlar joriy yilning 1-mart kuni yerga qadalib, o‘z vaqtida olib borilgan agrotexnik tadbirlar ayni paytda o‘z natijasini berib turibdi. Yastanib yotgan yer maydoniga boqsangiz, gurkirab o‘sib yotgan qovun va tarvuz palaklari mo‘l hosil tugib, ko‘zingizni quvnatadi. To‘g‘ri, ularning pishib yetilishiga biroz muddat bor, ammo xo‘rrandalarni ko‘p kuttirmasa kerak, degan xayolga borasiz.
— O‘tgan yili faoliyatimizni boshlab, tarvuz-qovunning ko‘chatini issiqxonada yetishtirib, so‘ng dalaga ekkandik, — deydi MChJ ish yurituvchisi Chori Allamurodov. — Natija yomon bo‘lmadi. Bu yil ham g‘ayrat qilib, boshlagan harakatimizning mevasi o‘laroq shu oyning 15-sanasidan boshlab, tarvuzlarimizni bozorga olib chiqishni rejalashtiryapmiz.
Og‘irligi 3-3,5 kilogramm tosh bosadigan tarvuzlar peshma-pesh bozorga chiqa boshlagach, tadbirkor mo‘may daromad olishiga shubha yo‘q. Bu natijaga erishish oson kechmagan, albatta, ko‘pning mehnati va mashaqqati singgan. Ayni paytda 15 nafar mahalladoshini ish bilan band qilgan tadbirkor, kelgusida faoliyatini kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni reja qilgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI

Dunyo miqyosida volontyorlik harakati fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi sifatida...

Qonun ustuvorligi va halollik mezoni

Mamlakatimizda barcha sohalarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning...

Xavf qo‘ng‘irog‘i

Ekologiya sohasidagi korrupsiya oddiy qonunbuzarlik emas — bu tabiatga...

Asosli to‘xtamga kelingan…mi?

Surxondaryo viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)...
KunTun
KunTun