Qurgʻoqchilikka chidamli…

Date:

Ilm-fan rivoji, yangidan-yangi texnologiyalarning qo‘llanilishi, albatta, hayotimizni yaxshilashga, imkoniyat yaratishga xizmat qiladi. Xususan, Oʻzbekiston hududida “Juncao” texnologiyasi asosida qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlikning yetishtirilishi ham yaxshi yangilik deyish mumkin. Ushbu oʻsimlikning afzalligi shundaki, u 30 kunda 40 santimetr, 60 kunda 1 metr, 100 kunda esa 4 metrgacha oʻsadi.
U 1 gektar yer maydonga ekilsa bormi, undan 300 tonna chorva uchun ozuqa, 100 tonna qoʻziqorin, 24 tonna organik mineral oʻgʻit olish mumkin. Turgan-bitgani kon-u foyda bo‘lgan ushbu o‘simlikning poyasidan qurilish paneli (DSP) va qogʻoz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa boʻladi. Bu loyihani amalga oshirish yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xitoyning “National Engineering Research Center” milliy tadqiqot markazi bilan kelishuvga erishdi.
S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Amaliy choralar ko‘rildi

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash...

“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga...

41 nafar bitiruvchi oltin medalga sazovor

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Ustozlarga ehtirom

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” yakunida...
KunTun
KunTun