Afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi

Date:

O‘zbek xalqi insonparvarligi, oliyjanobligi bilan o‘ziga zeb berganini, ularning amaliy harakatlaridan bilish, ko‘rish mumkin. Ayniqsa, bunday insoniy fazilatlar ulug‘ ayyom oylarida bir necha baravar ortgani quvonarli hol. Xalqimiz mushkul ahvolga tushib qolgan insonlar, oilalar bormi, holidan xabar olib, yo‘qlashni, ehson qilishni o‘z burchi deb biladi. Kunda, kun ora yo‘qlovlarning, har kungi iftorlik dasturxonlari yozilishining sababi ham shunda. Maqsad hech bir ko‘ngil o‘zini kemtik sezmasligi lozim.


Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, afg‘on xalqiga ham ana shunday yordam qo‘li cho‘zildi. 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi.
Aytish kerakki, ushbu insonparvarlik yordami tarkibida 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15,7 tonna o‘simlik yog‘i, 10 020 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushyonka), 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha (Hot lanch) kabi mahsulotlar o‘rin olgan.


Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida o‘zbekistonlik mas’ullar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim sabab, ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish borasida muzokaralar ham o‘tkazildi. Mezbonlar Muborak Ramazon oyida ko‘rsatilgan bu kabi amaliy yordam uchun o‘zbek xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun