Ko‘mak ko‘rsatildi

Date:

Hech bir bola oilasi, ota-onasidan ajralmasin. Afsuski, shunday vaziyatlarning qurbonlari ham bor. Ammo, oilaviy mehribonlik uylarining tashkil etilib, ana shunday bolalarning farzandlikka olinishi, oila bag‘rida ulg‘ayishi, kemtik ko‘ngillarga malham bo‘layotgani rost. Xolbuki, e’tibor va g‘amxo‘rlik bu bilan to‘xtab qolayotgani yo‘q. Ular doimo e’tiborda, qolaversa, manzilli yordam ko‘rsatilib, talab va ehtiyojlari qondirilib borilayotgani ham bor gap.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ko‘makka muhtoj yetim bolalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish maqsadida “Mehr daftari” platformasi bu yo‘lda eng yaxshi ko‘makchi bo‘lib xizmat qilayotir. Ushbu platformaga kiritilgan surxondaryolik bolalarga doimiy ravishda ko‘mak ko‘rsatib kelinayotir.
Bu safar ham shunday bo‘ldi. Surxondaryo viloyat hokimligida o‘tkazilgan tadbirda “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan yana 34 nafar yigit-qizga kerakli jihoz va vositalar topshirildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yigit-qizlar va bolalarning xohishlariga asosan 17 ta noutbuk, 11 ta tikuv dastgohi, 2 ta velosiped, 1 ta pishiriq pechi, 1 ta payvandlash uskunasi va 2 ta konditsionerni o‘z egalariga topshirdi. Aytish kerakki, bu vositalar ularning vaqtini mazmunli o‘tkazishga, foydali ish bilan shug‘ullanishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida shahar va tumanlar Bolalar huquqlarini himoya qilish sho‘balariga ishlarni samarali tashkil etish, “Mehr daftari” platformasini yuritishda qulayliklar yaratish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan 15 ta planshet topshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun