Islohotlar o‘zini oqladi

Date:

Yoshlar taqdiriga befarq emasligimizni ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibordan bilish qiyin emas. Bugun chekka-chekka hududlar, olis qishloqlarda ham shart-sharoit va tizimga e’tibor shahardagidan kam emas. Mutaxassis yetishmasligi muammosi ham bir necha yilki, tizimli ravishda yechim topdi. Turar joy bilan ta’minlanish, 100 foizlik ustama haqlarining to‘lab berilishi, o‘qituvchi-pedagoglarni olis hududlarga-da borib, ta’lim-tarbiya berishiga turtki bo‘lyapti.
Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivi ham ana shunday hududlardan sanaladi. Farg‘onadan bir guruh ta’lim fidoyilari keldi-yu, o‘g‘il-qizlarning o‘qib-o‘rganishida o‘zgarish sezildi. Bundan nafaqat ota-onalar xursand balki, tuman hokimi-da minnatdor. O‘z minnatdorligini bildirish maqsadida Uzun tuman hokimi X.Bozorov Bobotog‘ hududida faoliyat olib borayotgan bir guruh pedagoglar bilan uchrashdi.
Avvaliga pedagoglar bilan sharoiti o‘zgacha bo‘lgan hududda faoliyat yuritish qanday kechayotgani, bu yerliklarning munosabati, oylik maoshlari va ijara pullari haqida suhbatlashdi. Qolaversa, mamlakatimiz umumtaʼlim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida qabul qilinayotgan qarorlar, yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyihalar, maktablarda taʼlim sifatini tenglashtirish borasidagi harakatlar xususida gapirib o‘tdi. Uchinchi Renessansni aynan mana shunday jonkuyar ta’lim fidoyilari bilan qurish mumkinligini taʼkidladi.
O‘z navbatida aytish kerakki, vodiydan vohaga kelib faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylar mahalliy aholining mehmondo‘stligidan, iliq munosabatidan shod. Bilimga chanqoq o‘quvchi-yoshlarga maroq ila dars berishayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik inspektor lavozimi joriy etiladi

Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy...

Kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari...

Termiz “Inklyuziv” shaharga aylanmoqda

So‘nggi paytlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzu — inklyuziyadir....

Kitob o‘qisa, jazo muddati qisqartiriladi

Kitob o‘qishni foydasi haqida bot-bot to‘xtalamiz. Dunyoqarashimizni kengaytiruvchi kitoblarning...
KunTun
KunTun