Shukronada hikmat bor

Date:

124 yosh… bir nafasda aytib yuboriladigan bu yoshni bosib o‘tish esa katta jasorat. Qumqo‘rg‘onlik Ixvol momo bu yil hayotining 124 bahorini qarshi oldi. Momoning yillar o‘z muhrini qoldirgan yuziga boqsangiz, u yashab o‘tgan umr yo‘llari onaxon tilidan aytilganda ertakdek tuyilishi mumkin. Ammo, haqiqat. Sodda va samimiy onaxonni mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar juda yaxshi tanishadi va ardoqlashadi. Tez-tez eshigini qoqib, holidan xabar olib turishadi. Momoning duosini olishning ham gashti bor.
Ixvol momoning esa har so‘zi hikmat. Uning shukronasini tinglab turib, berilgan ne’mat bo‘lmish hayotning chin formulasini uqqandek bo‘lasiz. Ha, shukronada ham hikmat bor. Ramazon oyi esa boshqa oylarga nisbatan saxovatga alohida e’tibor berilishi bilan ahamiyatli. Ayni ayyom bahonasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining bir guruh jonkuyar vakillari Ixvol momo Gaporova holidan xabar olishdi. Onaxonning suhbatida bo‘lib, duosini olishdi.
Haqiqatan ham mana shunday insonlarning hayot yo‘li, tajribasi va aytgan har so‘zi biz uchun ibrat bo‘lmog‘i lozim.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...

Tabiatga mehr bolalikdan boshlanadi

“Yosh ekologlar” jamoasi a’zolari maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarning tabiatga...

Oltin medal sohibasi — Sho‘rchidan!

O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “E...

Maktabgacha ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda

Uzun tumanining Mehnat mahallasida 150 o‘rinli 34-sonli davlat maktabgacha...
KunTun
KunTun