G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

Date:

Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdek. Shunday ekan, har bir yosh bu davridan unumli foydalanib, o‘qib o‘rganishi, qiziqish va layoqatidan kelib chiqib, hayotida hal qilivchi qadamni tashlash uchun harakat qilmog‘i lozim. Ana shundagina bilimlar hayot yo‘limizni yorita oladi.
Tanlov va tadbirlar, fan olimpiadalari esa egallangan bilimlarni sinovdan o‘tkazib, munosib bahoni olishga yordam beradi. Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida Angor va Sho‘rchi tumanlaridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar ham ana shunday sinovda sinashta bo‘ldilar.

Olimpiada matematika, ona tili va adabiyoti hamda tarix fanlaridan bo‘lib o‘tdi. Turgan gapki, olimpiada so‘nggida bilimli, salohiyatli yoshlar saralandi.
Termiz shahridagi “Barkamol avlod” bolalar markazi faollar zalida ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchilarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar vazir jamg‘armasi hisobidan pul yutuqlari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Aytish kerakki, Asosiy olimpiadaning ushbu bosqichida mazkur ta’lim muassasalaridan 48 nafar o‘quvchi ishtirok etib, ularning 27 nafari olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzudan boshlangan yo‘l

Har bir inson hayotida uning kelajagiga yo‘l ko‘rsatadigan, qalbiga...

Xalqaro yuk tashuvlarida yangi bosqich

Xitoy–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi. 50 ta...

Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni...

Sariosiyodagi 94 ta maktabga 325 million so‘m

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bugungi kunda...
KunTun
KunTun