Jarqo‘rg‘onning yo‘llari ravon bo‘ladi…

Date:

Tasavvur qiling, yaqin kishilaringizdan kimnidir to‘satdan tobi qochib qoldi. Telefon go‘shagini olasiz-u, zudlik bilan tez yordam xodimlariga qo‘ng‘iroq qilasiz. Shunday vaziyatlarda shifokorlarning tezroq kelishi uchun entikib, besaranjom bo‘lasiz. Ammo, yo‘llarning notekisligi, o‘nqir-cho‘nqirlari sababli tez yordam tezda yetib kela olmaydi.
Yo‘lning o‘ydim-chuqur joylari faqat tez yordam xodimlariga noqulaylik tug‘diribgina qolmay, shu yo‘ldan harakat qilayotgan barcha og‘ir-u yengil avtomobillar uchun haqiqiy muammo. Shu sababdan, Jarqo‘rg‘on tumanining “Maslahattepa”, “Zartepa”, “Eski qishloq”, “Qumqishloq” va boshqa bir qator mahallalarda “og‘ir hududlar”ni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlariga yosh-u qari birdek mas’ul bo‘lib, mahallalarning ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shishda o‘zlarining qo‘lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanida olib borilayotgan ishlar mamlakatimizda yuritilayotgan islohotlarning amaldagi kichik bir uchquniga aylandi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun