Ustoz — millat kelajagini tarbiyalovchi ulug‘ siymo

Date:

Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini olib kiradigan, yosh avlodga nafaqat bilim, balki ezgulik, Vatanga sadoqat va yuksak insoniy fazilatlarni singdiradigan ulug‘ kasb egasidir. Jamiyat taraqqiyoti, yurt kelajagi va barkamol avlod tarbiyasida ustoz va murabbiylarning sharafli hamda mas’uliyatli mehnati beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu bois ularning fidokorona mehnatini e’zozlash, munosib qadrlash va yuksak e’tirof etish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.

1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi muhtasham “Mumtoz” tantanalar saroyida ta’lim sohasi fidoyilariga bag‘ishlangan bayram tadbiri tantanali ruhda o‘tkazildi.

Tadbirda sharafli va mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan muhtaram ustoz va murabbiylar kasb bayrami bilan samimiy qutlandi. Yosh avlodga zamonaviy bilim va tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqatli, ma’nan yetuk va komil insonlar etib voyaga yetkazishdagi pedagoglarning munosib hissasi, fidoyiligi va zahmatli mehnati alohida e’tirof etildi.

Bayram munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasida samarali faoliyat yuritayotgan, o‘zining fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh ilg‘or pedagoglar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga Termiz shahar hokimining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri ajoyib konsert dasturi, dilbar kuy-qo‘shiqlar va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etdi. Samimiy ehtirom va yuksak e’tirof mujassam bo‘lgan ushbu tantana aziz ustozlarga unutilmas bayramona taassurotlar ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda...

Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy...

Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish...

Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish...
KunTun
KunTun