Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar davomida maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratilmoqda.
Foto lavhalarda respublika ishchi guruhining Termiz shahridagi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borayotgan o‘rganish jarayonlari aks etgan.
Respublika ishchi guruhining viloyat bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda.

