Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

Date:

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish uchun yangi imkoniyat yaratilmoqda.

2027-yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlayotgan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan qoplab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Ayollar ishlasa, oilaga qo‘shimcha daromad kiradi, bolalarning bilim olishi uchun ko‘proq sharoit yaratiladi”, — dedi Prezident.

Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlarida o‘qish muddati 4 yildan 3 yilga qisqartiriladi. Bog‘chada kamida 5 yil ishlagan tarbiyachi yordamchilari ham ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Bugungi kunda 2026-yilda 7 ming nafar bog‘cha tarbiyachisi oliy ta’limga qabul qilingan bo‘lib, ular haftada besh kun ishlab, bir kun tahsil olmoqda.

Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish maqsadida o‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan yangi dastur ham joriy etilmoqda. Hozirda ushbu dastur bog‘chalarning 30 foizida amal qilmoqda va yil yakuniga qadar 38 mingdan ortiq bog‘chaning barchasiga tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, har yili 50 nafar ilg‘or tarbiyachining xorijda malaka oshirishi, barcha bog‘chalar uchun 100 ta videokontent tayyorlanishi hamda davlat bog‘chalarini zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun