Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

Date:

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi talablar kuchga kirdi. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori bilan bank va to‘lov tashkilotlari faoliyatida firibgarlikning oldini olishga qaratilgan qator o‘zgarishlar belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, kredit va to‘lov tashkilotlari bir martalik SMS-kod yoki muqobil tasdiqlash talab etilmaydigan P2P pul o‘tkazmalarining eng yuqori miqdorini o‘z risk siyosatidan kelib chiqib belgilaydi. Ushbu chegaradan yuqori barcha o‘tkazmalar qo‘shimcha tasdiqlanishi shart. Tasdiqlash talab etilmagan o‘tkazmalar bo‘yicha firibgarlik yuz bersa, buning uchun tashkilotlar javobgar bo‘ladi.

Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish, parolni tiklash yoki boshqa qurilmadan hisobga kirishda masofaviy biometrik identifikatsiyadan o‘tish talab etiladi. Biroq bank kartasini ilovaga biriktirish uchun SMS-kod orqali tasdiqlash yetarli. Yangi qurilmadan kirilganda yoki parol tiklanganda hisobga ulangan kartalar vaqtincha faol bo‘lmaydi va SMS-kod yordamida qayta faollashtiriladi.

Shuningdek, mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalardan avval foydalanuvchiga ushbu harakatni firibgar ta’sirisiz, mustaqil bajarayotgani haqida ogohlantirish ko‘rsatilishi lozim. Qurilmada zararli dastur yoki masofadan boshqarish alomatlari aniqlansa, tashkilot mijozni PUSH-xabarnoma va SMS orqali darhol ogohlantirishi kerak.

Telefon raqami yaqin qarindosh nomida bo‘lishiga ham ruxsat etiladi. Bunda qarindoshlik munosabati tasdiqlanishi lozim. Yana bir muhim o‘zgarish — internet-saytlar orqali P2P pul o‘tkazmalarini amalga oshirish taqiqlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun