Ko‘chat yetishtirish plantatsiyasi tashkil etilmoqda

Date:

Hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish, ko‘chat yetishtirish imkoniyatlarini oshirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini sifatli tashkil etishda mustahkam ko‘chat bazasiga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 8 gektar maydonda ko‘chat yetishtirish plantatsiyasi barpo etilmoqda.

Loyiha doirasida ko‘chatlarni parvarishlash va yetishtirishga mo‘ljallangan zamonaviy issiqxona ham tashkil etiladi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu ekologik loyiha bilan tanishib, qurilish ishlariga tamal toshi qo‘ydi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi kelgusida hududni ko‘kalamzorlashtirish uchun zarur ko‘chatlar yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun