PENSIYA XIZMATLARI RAQAMLASHTIRILADI

Date:

2027-yil 1-yanvargacha pensiya ta’minotiga oid xizmatlar bosqichma-bosqich to‘liq interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi.

2026-yil 1-noyabrdan ish hajmining qisqarishi yoki korxona tugatilishi sababli ishsiz qolgan fuqarolarga belgilangan pensiya yoshidan ikki yil oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

2027-yil 1-yanvardan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi fuqarolarning alohida murojaatisiz, proaktiv shaklda tayinlanadi.

“Mening pensiyam” onlayn xizmati orqali pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolar oldindan xabardor qilinadi.

Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash, pensiyani qayta hisoblash yoki boshqa turiga o‘tkazish uchun my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn murojaat qilish mumkin bo‘ladi.

2027-yil 1-yanvardan Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolardan qog‘oz shaklidagi hujjat va ma’lumotlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi. Shuningdek, pensiya miqdorini qayta hisoblash, to‘lovlarni tiklash, yashash manzili o‘zgarganda pensiya hujjatlarini elektron shaklda hisobga qo‘yish kabi xizmatlar ham raqamlashtiriladi.

Eslatma: 2028-yildan pensiya yoshini har yili 3 oyga oshirish, 2039-yilga borib erkaklar uchun 63, ayollar uchun 58 yosh etib belgilash taklif qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ustoz va murabbiylar eʼzozlandi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryoda...

Harbiy ta’lim fidoyilari e’tirof etildi

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Janubiy...

Qidiruvdagi avtomobillar aniqlanmoqda

Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash, qarzdorliklarni undirish...

Oilaviy bog‘cha badali byudjetdan qoplanadi

O‘zbekistonda ishlayotgan onalarga farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini uyg‘unlashtirish...
KunTun
KunTun