1-oktyabr: yangi imtiyozlar…

Date:

1-oktyabrdan bir qator yangi tartib va imtiyozlar kuchga kiradi. Jumladan, urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek, Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolarga transportda bepul yoki 50 foiz chegirmali chiptalar taqdim etiladi. Buning uchun faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Shuningdek, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga belgilangan ijtimoiy soliq to‘langanda bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi.

Eksport qiluvchi tadbirkorlar uchun ayrim bojxona, fitosanitariya va boshqa sertifikatlar bo‘yicha yig‘imlar 30 foizga kamaytiriladi. Boshpanasiz shaxslar esa ishsiz sifatida e’tirof etilib, kasbga o‘qitish uchun vaucherlar olishi mumkin.

Bundan tashqari, qon mahsulotlari ikki bosqichli skriningdan o‘tkaziladi, tennis bo‘yicha yirik musobaqalar muntazam tashkil etiladi. Ayrim tadbirkorlar kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabalar hamda ayrim ijtimoiy toifadagi fuqarolarga teatr, kino va konsertlar uchun bepul vaucherlar beriladi. Buxoroning tarixiy hududida esa ayrim transport vositalarining harakatlanishi cheklanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun