Muzrabot tumanining “Yangi diyor” mahallasida 7 gektar maydonda zamonaviy ko‘ngilochar markaz, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur hududni zarur infratuzilma bilan ta’minlash masalasini muhokama qildi.
Yig‘ilishda Prezidentning PQ-141 va PQ-49-son qarorlari asosida tumanda olib borilayotgan qurilish ishlari ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor obyektlarning sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratildi.
Mas’ullarga 7 gektarlik hududni infratuzilma bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish, loyihalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklatildi. Muddat va sifat masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan pudratchilar hamda mas’ullarga qat’iy ogohlantirish berildi.

