Minglab xonadonlarga qulaylik

Date:

Qumqo‘rg‘on tuman markazidagi 11 ta mahallada markazlashgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan yirik loyiha amaliy bosqichga kirdi.

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokidagi “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Azlarsoy, Yangi shahar, Bog‘aro, Do‘stlik, Neftchilar, Beshqahramon, Ulug‘bek, Surxon sohili, To‘g‘on, Jiydali va Navbahor mahallalarida ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash va kengaytirish ishlari boshlanmoqda. Loyiha avvalgi bosqichlarda ham aynan shu 11 mahallani qamrab olishi va “To‘palang” daryosi orqali yetkazilayotgan markazlashgan suv tizimidan foydalanish ko‘zda tutilgani rasmiy manbalarda qayd etilgan.

Loyiha doirasida suv infratuzilmasining muhim qismlari yangilanadi. Ikki dona suv rezervuari ta’mirlanadi, zararsizlantirish uskunasi o‘rnatiladi, ikkita ikkinchi ko‘tarma nasos stansiyasi quriladi. Xonadonlarga 4 506 ta suv hisoblagich o‘rnatilishi, 9,6 kilometr magistral va 78 kilometr ichki suv tarmoqlari tortilishi rejalashtirilgan.

Dastlabki amaliy ishlar Azlarsoy mahallasida boshlandi. Bu hali loyihaning birinchi bosqichi, xolos. Asosiy natija esa tarmoqlar ishga tushgach ko‘rinadi — tuman markazidagi 48 857 nafar aholi uchun suv ta’minoti yanada barqaror va sifatli bo‘lishi kutilmoqda.

Suv tarmog‘i tortilishi oddiy qurilish ishlari emas. Uning ortida har kuni suv kutib yashaydigan, maishiy ehtiyojini hal qiladigan minglab xonadonlar turibdi. Shu bois Qumqo‘rg‘ondagi ushbu loyiha uchun eng muhim mezon — quvur yotqizilganining o‘zi emas, balki suvning aholi xonadonigacha barqaror yetib borishidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar maydonda, maqsad — g‘alaba!

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish...

Para dzyudo finalida bir oltin, bir kumush

Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining para dzyudo bahslarida O‘zbekiston vakillari...

Fuqarolar murojaati tinglandi

Qumqo‘rg‘on tumanining Mustaqillik mahallasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov...

Yosh taekvondochilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan Taekvondo WT bo‘yicha G1 toifasidagi...
KunTun
KunTun