Yillar sinovidan o‘tgan ustozlar

Date:

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ta’lim sohasida ko‘p yillar mehnat qilgan bir guruh nuroniy ustozlar bilan uchrashdi.

Suhbatda ustozlarning ta’lim tizimida orttirgan tajribasi, yosh avlod tarbiyasida bosib o‘tgan yo‘li va bugungi pedagoglar uchun qoldirayotgan saboqlari haqida fikr almashildi.

Zero, ta’limda zamonaviy yondashuvlar qanchalik muhim bo‘lmasin, yillar davomida shakllangan ustozlik tajribasining o‘rni alohida. Bir avlodning tajribasi ikkinchisiga o‘tishi esa ta’limdagi davomiylikni ta’minlaydi.

Uchrashuv yakunida nuroniy ustozlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun