Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan boshlab, har 500 metrda maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda.
Tashabbus yo‘l bo‘ylarini chiqindilardan xoli saqlash va atrof-muhit tozaligini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur loyiha Surxondaryo viloyatida aynan Bandixon tumanida tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda.
Haydovchi va yo‘lovchilardan plastik idishlar, qog‘oz hamda boshqa chiqindilarni yo‘l chetiga emas, o‘rnatilgan maxsus qutilarga tashlash so‘raladi.

