“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda. Xitoylik investorlar tomonidan 5 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilib, zamonaviy pishgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasi barpo etilmoqda.

Ayni paytda korxonada qurilish-montaj ishlari olib borilib, Xitoydan keltirilayotgan texnologik uskunalar bosqichma-bosqich o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, hududda “Ulkan Sarbon Fayz” MChJ tomonidan asfaltbeton mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish loyihasi doirasidagi qurilish va uskunalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Mazkur loyihalar ishga tushirilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tumanning sanoat salohiyatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun