“Boysun do‘ppisi” — Boysun tumanida qadimdan tikib kelinadigan, piltado‘zi uslubidagi kashtalari, o‘ziga xos naqshlari va yorqin ranglar uyg‘unligi bilan ajralib turadigan milliy bosh kiyim. Uning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulot nomi va Boysun hududiga xos an’anaviy xususiyatlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish imkonini beradi.
Mazkur maqom Boysun hunarmandchiligi an’analarini asrash, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uni ichki va xalqaro bozorlarda keng targ‘ib qilish uchun huquqiy asos yaratadi.

