Tibbiyot xodimlariga yangi ustamalar belgilanadi

Date:

2027-yil 1-yanvardan bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga 2 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi. Oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar hamda shu yo‘nalishdagi magistraturani bitirgan pedagog kadrlarga esa 4 baravar miqdorida ustama belgilanadi.

Shuningdek, 2027–2028-o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga qabul bekor qilinib, “tibbiy hamrohlik ishi” va “oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishlari joriy etiladi. Farmonda tibbiyot ta’limiga qabulning minimal o‘tish ballari, mutaxassislarni tayyorlash va qayta ixtisoslashtirish tartiblariga oid qator yangiliklar ham belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun