TerDUda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi

Date:

Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida Raqamli arxeologiya va GAT (GIS), Eksperimental psixologiya hamda Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash kompyuter laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Yangi laboratoriyalarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash, talabalarni amaliy mashg‘ulotlarga keng jalb etish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, Raqamli arxeologiya va GAT (GIS) xonasida arxeologik yodgorliklarni raqamli xaritalash, hujjatlashtirish va 3D modellashtirish imkoniyatlari yaratiladi. Psixologiya laboratoriyalarida esa tajribalar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini zamonaviy dasturlar asosida tahlil qilish va ilmiy xulosalar tayyorlash mumkin bo‘ladi.

Mazkur loyihalar ta’limni amaliyot va ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtirib, talabalarning zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun