Viloyat kubogi g‘oliblari aniqlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanida qo‘l jangi bo‘yicha Surxondaryo viloyati kubogi musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

12–14-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan uch kunlik musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan o‘smirlar va qizlar g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Yosh sportchilar bahslar davomida mahorati, jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mustahkam irodasini namoyon etdi.

Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvlar yakunida umumjamoa hisobida Termiz shahri jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Muzrabot tumani ikkinchi, Angor va Qiziriq tumanlari jamoalari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning turli vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar safidan joy olgan yosh sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida qo‘l jangini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning sport mahoratini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...
KunTun
KunTun